Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyatimizdagi 74 ta jome masjidda Ramazon hayiti namozi o‘qildi

Mamlakatimizda fuqarolarning emin-erkin ibodat qilishlari, musulmonlarning o‘z zimmalaridagi diniy arkonlarni bekamu ko‘st ado etishlari uchun zarur barcha sharoitlar yaratilgan. Xalqimiz buning uchun, qolaversa, tinch-osoyishta hayotimiz, muborak ramazon oyining chiroyli tarzda o‘tayotganligi uchun har bir yurtdoshimiz qalbida shukronalik tuyg‘usi jo‘sh urmoqda.

Prezidentining joriy yil 7-martdagi “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida” gi qarorida mamlakatimizda Ramazon oyi va hayitini munosib nishonlash, bayramni tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy va diniy qadriyatlariga mos ravishda o‘tishini taʼminlash uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar belgilangan. Mazkur qaror ijrosini taʼminlash, qolaversa, Ramazon hayiti bayramini yuqori saviyada o‘tkazish uchun Sirdaryo viloyatida ham zarur ishlar amalga oshirildi.

Ayni kunlarda viloyatning har bir mahallasi, har bir ko‘chasida tozalik, obodonlashtirish ishlari olib borildi, imkoniyati cheklangan, beva-bechoralarga xayru saxovatlar ko‘rsatildi.

Namozxonlarga qulaylik yaratish maqsadida barcha zarur ishlar amalga oshirildi. Masjidlarga tutash ko‘chalar vaqtincha yopilib, namozxonlar uchun joy ajratildi. Ichki ishlar, sog‘liqni saqlash va boshqa mutasaddi idoralar vakillari navbatchiligi tashkil etildi.

Muborak Ramazon oyi yakunlanib, bugun, 10-aprel kuni erta tongda Sirdaryo viloyatidagi 74 ta masjidda hayit namozi o‘qildi. Unda 80 mingga yaqin namozxon qatnashdi.

Hayit namozidan oldingi amru-maʼruflarda Ramazon hayitini munosib nishonlash, bu kunni ulug‘ bayram sifatida yaxshi kayfiyatda o‘tkazish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, imom-xatiblar barchani ushbu ulug‘ bayram bilan qutlab, Yaratganga shukronalar aytdi. Bundan tashqari, hayit bayrami fazilatlari xususida maʼruza qilindi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish