Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Eʼtiborga loyiq harakat va natija ko‘rsatishga bel bog‘lagan sayxunliklar

Bugun sayxunobodliklar bilan suhbatlashar ekansiz, yuzlarida ko‘tarinki ruh va qatʼiylikni ko‘rasiz. Ular davlatimiz rahbarining tashabbusi va qo‘llab-quvvatlovini ko‘rib, juda mag‘rurlanayapti va muhimi, shu eʼtiborga loyiq harakat va natija ko‘rsatishga bel bog‘lagan.

Natija-ki, xo‘jako‘rsinga yoki katta gaplar shaklida emas, oddiygina, o‘zlarining turmush sharoitini yaxshilash va tomorqalaridan keladigan daromadlarini oshirish maqsadida.

Tumanning Olg‘a bos mahallasida istiqomat qiluvchi Doniyor Ismatovning asli kasbi quruvchi. U ishdan bo‘sh vaqtida qo‘shimcha daromad topish maqsadida 20 sotix tomorqasining 9-10 sotixida sabzi, qolganida kartoshka yetishtirish bilan shug‘ullanadi.

— Oilamizning asosiy daromadi tomorqadan, - deydi xonadon sohibi. — Birgina ertaki sabzini o‘zidan 15-20 million so‘m daromad qilamiz. Kartoshkani maʼlum qismi ro‘zg‘orga ketsa, qolganini bozorga chiqaramiz.

Hozirda 4 nabiraning suyukli bobosi bo‘lgan D.Ismatov tomorqadan olingan daromad hisobidan qizlarini uzatdi, o‘g‘illarini o‘ylantirdi, uy qurib, avtomashina sotib oldi.

Sayxunoboddagi birgina ushbu xonadon hayotini ko‘rib, shunga amin bo‘lasiz-ki, mamlakat rivoji uchun eng katta faktor tabiiy yoki moddiy boyliklar mavjudligi emas, balki odamlarning ruhiyati va ularning o‘z taqdirini o‘zi hal qila olishiga ishonchi ekan.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish