Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Pavlovniya yetishtirishdan biomahsulot ishlab chiqarishgacha

Tomorqa bandlik va arzonchilikni taʼminlashning samarali yo‘li. Buni yaxshi tushunib yetgan holda tomorqasidan unumli foydalanib, oilasi farovonligini taʼminlayotganlar kun sayin ko‘payib bormoqda.

Ana shunday omilkorlardan biri Oqoltin tumanida Yangi hayot mahallasida yashovchi Azam Saidazimov. U bir necha yildan buyon pavlovniya ko‘chatlarini yetishtirib keladi.

— Yiliga 10 ming tup ko‘chat yetishtirib, o‘rtacha 5 000 so‘mdan sotamiz, - deydi xonadon sohibi. — Bundan tashqari tomorqamizda biogomus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yganmiz. Undan ham 20-30 mln daromad olamiz.

Aytish joizki, joylarda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, ayniqsa, aholining tomorqadan unumli foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan eʼtibor tufayli tomorqachilik madaniyati yildan-yilga yuksalib, oilalar daromadi oshmoqda.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish