Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
“Yangiyer” sanatoriysida yangi suzish havzasi

Navro‘z azaldan yangilanish va yasharish bayrami sifatida yurtimizda qadrlanib kelingan. Shu sababdan insoniyat bahorni sog‘inib kutadi. Chunki bahor kelishi bilan yangilik, yaxshi xabarlar qanot yozadi.

Shunday yangiliklardan biri– Sirdaryo viloyatidagi “Yangiyer” sanatoriysida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi saʼy-harakati bilan qurib bitkazilgan zamonaviy yopiq basseynning ishga tushirilishi bo‘ldi. Yurtimiz bo‘ylab Navro‘z bayrami shukuhi kezib yurgan farahbaxsh kunlarda mazkur ijtimoiy obyektni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari S.Normatov, Kasaba uyushmalari Sirdaryo viloyati kengashi raisi R.Tursunmurodov, Yangiyer shahar xokimi O.Nosirov, soha mutasaddilari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz tashabbusi bilan inson qadrini ulug‘lash yo‘lida barcha sohalarda birdek amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va ularning natijalari, oddiy odamlar turmush farovonligini oshirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar haqida alohida taʼkidlandi.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi doirasida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan “Yangiyer” sanatoriysida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari ham aynan ushbu maqsadlarga yo‘naltirilgan. Bu yerda 7 milliard 850 million so‘m mablag‘ evaziga dam oluvchilar uchun barcha zarur shart-sharoit yaratilgan. Maskandagi qurilish ishlarini R.Mahmudov rahbarligidagi “PROJEKT EMPIRE” MCHJ mohir quruvchilari sakkiz oyda bajardi. Shuningdek, mazkur inshoot barcha zarur zamonaviy anjomlar hamda inventarlar bilan jihozlandi.

Kasaba uyushmalari tizimidagi “Yangiyer” sanatoriysi Sirdaryo viloyatidagi balneologik va iqlimiy kurort hisoblanadi. Sanatoriyning umumiy maydoni 33,96 gektarni tashkil etgani holda, maʼdanli suvining tarkibi yod va brom minerallariga boy.

O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi tomonidan barpo etilgan “Yangiyer” sanatoriysi joylashgan hududi, tabiati, yer tubidan chiqayotgan shifobaxsh maʼdanli suvi tarkibidagi organik mineral tuzlarning davolash taʼsiriga ko‘ra, kardiologik, nevrologik, ginekologik, urologik va harakat tayanch kasalliklarini davolash uchun ixtisoslashtirilgan.

–Ushbu suzish havzasining ishga tushirilishi sihatgohimizda tarixiy voqea bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman, – deydi sihatgoh rahbari Abdurahim Muhammadiyev. – Bu yerda inson salomatligini tiklab olishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Bundan tashqari, suzish havzasida mini sport zal, fitnes bar, turk hammomi, sauna, billiard xona ham mavjud. Bugundan boshlab sihatgohimizning nufuzi va davolash imkoniyatlari yana-da ortib, dam oluvchi yurtdoshlarimizning sevimli maskanlaridan biriga aylanadi.

Shuningdek, tadbir davomida Bobur mahallasida istiqomat qilayotgan 20 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilaga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.sisi

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish