Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Navro‘z shodiyonalari Sirdaryo tumanidan boshlandi

Xalqimiz bahorni, yasharish va yangilanish fasli – Navro‘zi olamni hamisha orziqib, intizorlik bilan kutadi. Navro‘z mamlakatimizda yashayotgan barcha millat va elat vakillarining sevimli bayramiga aylangan. Sirdaryo tumani markazidagi "Ezgu niyatlar" xiyobonida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida tashkil etilgan bayram shodiyonasida ana shu ahillik, yurtimizdagi millatlararo do‘stlik yaqqol namoyon bo‘ldi.

Turli millat vakillari, korxona-tashkilotlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirokidagi sayilda milliy o‘yinlar, sport musobaqalari, konsert dasturlari, shuningdek, milliy taomlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

Milliy madaniyat markazlari, folklor-etnografik jamoalar chiqishlari, taniqli xonanda Muxlis Berdiyev tomonidan kuylangan qo‘shiqlar barchaga bayram kayfiyatini ulashdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish