Сешанба, 27 Апрель 2021, 13:07:58
Havo harorati :
eye Ko'zi ojizlar uchun
Viloyat hokimi boshchiligidagi delegatsiya Tojikistonda

Prezidentimizning Tojikiston Respublikasiga davlat tashrifi arafasida bugun Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining 600 dan ortiq vakillari, vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, viloyat hokimlari ishtirok etdi.

Forumda viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev chiqish qilib, viloyatimizning savdo-iqtisodiy jihatdan jozibadorligi, turizm salohiyati hamda xorijiy sarmoyadorlar uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoit va afzalliklar to‘g‘risida maʼlumot berdi. Shuningdek, tojikistonlik ishbilarmonlarni faol hamkorlik qilishga, sheriklik aloqalarini o‘rnatishga chaqirdi.

Sirdaryo raqamlarda
Xatolik haqida ma'muriyatga xabar berish