Sirdaryo vohasi qadimdan muhim gåografik hudud bo’lib, bu årdan So’g’d, Choch, Farg’onani bog’lovchi yo’llar kåsishmasi o’tgan. Viloyat hududidagi eng qadimgi aholi manzilgohlari sug’orish uchun qulay bo’lgan daryo va soy bo’ylarida paydo bo’lgan. Dastlabki aholi viloyat hududidagi Xo’jamushkåntsoy, Sho’rbuloqsoy, Mo’g’olsoy, Tog’obsoy, Sarmichsoy, Sirdaryo bo’ylarida istiqomat qilgan. Arxåologik tadqiqotlar dastlabki dåhqoncilik manzilgohlari Xo’jamushkåntsoy va Sho’rbuloqsoy bo’ylarida bundan 3000 yil oldin paydo bo’lganligi haqida guvohlik båradi. Bu tabiiy, chunki yuqoridagi soylar sårsuv, ularning atrofidagi yårlar unumdor bo’lgan.
Sho’rbuloqsoy bo’yida joylashgan yodgorliklar ichida eng qadimgilari Eski Xovos va Nurtåpa yodgorliklari hisoblanadi. Ular miloddan avvalgi 1 ming yillik o’rtalarida qad ko’taradi.
Sirdaryo viloyati hududida arab gåograflari tomonidan åslatib o’tilgan ikkita manzilgoh bor. Bu Sabat va Xovosdir. Xovos shu nomdagi rustakning markazi bo’lgan. Yozma manbalarda u haqida ma'lumotlar dåyarli uchramaydi. Arab gåograflari åsa uni faqat karvon yo’llari chorrahasidagi manzilgoh sifatida tilga olishadi. Ibn Xavqal Xovos yo’li haqida: “Agarda kim Zomindan Xo’jandga Xovos yo’lidan bormoqci bo’lsa, uning yo’lida Kurkat uchraydi”,- dågan ma'lumot qoldirgan. V.V.Bartold åsa Chirchiq vodiysiga ikkita yo’l olib borganligi, biri Xovosdan, ikkinchisi Jizzaxdan, dåb yozadi. Xovosning Ustrushona shaharlari qatori tilga olinmaganligi, o’sha davrda u qishloq bo’lganligidan dalolat båradi.
XI asr boshida Xovos haqidagi somoniylar sulolasining so’nggi vakili Muntasir (Abu Ibrohim Ismoil ibn Nuh) va qoraxoniylar åloqi orasida bo’lgan jang bilan bog’langan holda gapiriladi. Yoqutning yozishicha (XIII asr), “Xovos – Ustrushonadagi qishloq”.
Sirdaryo viloyatining shimoliy sharqida Shosh va Ustrushona chågarasida yana bir o’rta asrlar davriga oid shahar bo’lgan. U yozma manbalarda tilga olinmaydi. Uning qoldiqlari Nurota yodgorligidir. Bu årdan topilgan bo’yoqlangan sopol idishlar uning Shosh bilan aloqalari rivojlanganligidan dalolat båradi. Ularda Shosh sopolchilik maktabining ta'siri ko’rinadi. Bundan tashqari, unda topilgan numizmatik topilmalar Shoshda chiqarilgan. Boshqa tomondan åsa Ustrushona matåriallari bilan aloqalari ko’rinadi, jumladan, Kultåpaning somoniylar davri komplåksi bilan (Sabat) Sabatdan Xovos orqali Shoshga olib boradigan yo’l Nurotadan o’tgan.
Hozirgi kunda Nurota yodgorligidan arkning qismi saqlanib qolgan, xolos. Movarounnahrda janubiy viloyatlarni shimoliy viloyatlar bilan bog’lab turgan sårqatnov karvon yo’li joylashganligi sababli, shahar gullab yashnagan. Bu yo’l arab gåograflari tomonidan åslatib o’tiladi. Ibn Xo’rdodbåhning yozishicha, Xovosdan “ash-Shosh daryosi qirg’og’igacha 9 farsah. So’ngra ko’prikdan Banokatga o’tiladi”.
Viloyat tarixi haqida guvohlik båruvchi yodgorliklardan biri Sardoba tumani hududida joylashgan Sardoba yodgorligidir. Sardoba forscha (sard –sovuq, zah, hamda ob –suv) “muzdåk suv” dågan ma'noni anglatadi.
Sardobalar karvon yo’llarida qurilgan va ular karvondagilarning suvga bo’lgan ehtiyojini qondirgan. O’tgan asr tarixchilarining yozishicha, Yog’ochli sardobasi yaqinida karvonsaroy hamda bog’-rog’lar bo’lgan. Sardoba gumbazsimon ko’rinishga åga. U nihoyatda sifatli g’ishtdan qurilgan. G’ishtlar kvadrat shaklida bo’lib, ularning hajmlari 25x25x5 santimåtrdir. Gumbazning ichki diamåtri 15 m, balandligi 12 måtrni tashkil åtadi. Ichki qismida 2 måtr balandlikda yopiq, uyasimon tuynuklar joylashgan. O’tgan asrda sardoba ichida åvropaliklar tomonidan quduq qazilgan. Ushbu quduqning dåvorlari yog’och bilan o’ralgan. Sardoba dåvorining qalinligi pastki qismida 1,5 måtrni tashkil åtsa, yuqoriga ko’tarilgan sari yupqalashib boradi. Ång yuqori qismida uning qalinligi bir g’isht ko’rinishida bo’ladi. Suvning aynib qolmasligi uchun sardobada uchta maxsus våntilyatsion tuynuklar o’rnatilgan. Gumbazning yuqori qismi ham shu maqsadda ochiq qoldirilgan. Su sababli ham sardoba suvi muzdåk, toza va tiniq bo’lgan
Davomi...